Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Stajyor-oʼqituvchi tartibi amaliyotga joriy qilindi


                                                  Stajyor-oʼqituvchi tartibi amaliyotga joriy qilindi

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-70-9-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga asosan, umumoʼrta taʼlim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida: 2024 yil 1 yanvardan boshlab umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Bunda: 2023/2024 oʼquv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʼqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʼlishi talab etilishi belgilandi.
Farmonga asosan stajyor-oʼqituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy maʼlumotli (toifasiz) oʼqituvchining bazaviy tarif stavkasi qoʼllanilishi belgilandi.
Mazkur Farmonga asosan,2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bundan tashqari, 2025 yil 1 yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʼtkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yoʼlga qoʼyiladigan boʼldi.
Shuningdek, 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Ushbu Farmonga koʼra,2023 yil 1 sentyabrdan boshlab:
umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlariga oʼz oʼrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʼshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʼquv rejalariga 15 foizgacha oʼzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimlarining umumiy oʼrta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʼyicha vakolatlari bekor qilinadi;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlaridan iborat boʼlgan Direktorlar kengashlari tuziladi;
umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʼrinlarda –– hududiy boshqarmalar) tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Farmon bilan 2024 yil 1 yanvardan boshlab umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlarini har besh yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladigan boʼldi.
Shu bilan bir qatorda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi hamda maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarida faoliyat koʼrsatish uchun jalb qilingan xorijiy mutaxassislar Oʼzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan toʼlovlardan ozod etilishi belgilandi.
Mazkur Farmonga asosan,umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarlari lavozimiga kadrlarni tayinlashda tuman (shahar) maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti,shuningdek umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʼqituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy boʼlimlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yoʼllanma berish tartiblari bekor qilinishi belgilandi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov