Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi


Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatlarini olib borayotganlarining salmog`i anchagina. Faoliyat ko`lami kengaygani sari uni tartibga soluvchi huquqiy normalarga bo`lgan ehtiyoj ham o`z-o`zidan ortib borishi tabiiy hol, albatta.
So`nggi yillarda, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish, ularning muammo va ehtiyojlarini o`rganish yuzasidan qator normative-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ana shunday hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-sonli qaroridir.
Mazkur qarorga ilova bilan fuqarolarni xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish, mehnat migratsiyasida bo`lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularga moddiy yordam ko`rsatish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta’minlashni ichiga olgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda mazkur tizim asosida hududlarda “Ishga marhamat” mono-markazlari faoliyatlari yo`lga qo`yilgan bo`lib, xorijda mehnat faoliyatini olib borish istagi mavjud fuqarolarga yaqindan ko`mak berib kelmoqdalar. Bundan tashqari, joylarda qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillarga o`qitish kurslari tashkil qilingan bo`lib, xorijda mehnat qilish istagini bildirgan, lekin bunda yetarli malaka va bilimga ega bo`lmagan shaxslarni qisqa muddatlarda o`qitish choralari ko`rilib, sertifikatlar berilib kelinmoqda.
Shuningdek, yuqoridagi qaror bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llanilishi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan shaxslarga BHMing 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit foizi stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinishi belgilangan.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolari uchun xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishda xavfsiz, tartibli va qonuniy tizimi ishlab chiqilgan.
Beruniy tumani adliya bo`limi
bosh maslahatchisi, 3-darajali yurist
Sh.Ismailov