Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.I.ning o‘rindoshlik asosidagi ish joyi yuzasidan mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lab berish bo‘yicha murojaati qanoatlandirildi


Ellikqal’a tumani adliya bo‘limiga fuqaro M.I murojaat qilib, o‘z murojaatida 2023-yil dekabr va 2024-yil fevral oyida unga nisbatan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilganligi, lekin mazkur varaqalar uchun o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lab berilmaganini bildirib, mazkur nafaqa pullarini undirib berishini so‘ragan.  Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 18-bandida, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir, deb belgilangan.

Fuqaro M.I.ning murojaati Ellikqal’a tumani adliya bo’limi tomonidan o’rganib chiqilib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha M.I.ga mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, uning murojaati qanoatlandirildi.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi