Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi tomonidan S.Sapayev va boshqa fuqarolarning 2024-yil yanvar va fevral oylari uchun 492 882 211 sum ish haqilarini undirish bo‘yicha murojaati qanoatlandirildi


Taxiatosh tumani adliya bo‘limiga fuqaro S.Sapaev va boshqa fuqarоlar murojaat qilib, “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ korxonasi tomonidan xodimlarning ishlagan 2024-yil yanvar va fevral oylari uchun ish haqilari berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib korxonada monitoring o‘tkazildi.

Monitoring natiyjasida korxona tomonida barcha xodimlarga 2024-yil yanvar va fevral oylari uchun ish haqilari berilmaganligi аniqlandi va bo‘lim tomonidan “Taxiatosh don mahsulotlari” AJga xodimlarning 2024-yil yanvar va fevral oylari uchun ish haqilarini to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natiyjasida “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ хodimlariga 492 882 211 sum ish haqilari undirib berildi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi