Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Talabalar ham ishlashi mumkin


                                  Talabalar ham ishlashi mumkin

Аytish joyizki, amaldagi qonunchilikka asosan Oliy taʼlim yurtlarining kuduzgi, kechki va sirtqi boʼlimlarida 3 va 4 kurslarida taʼlim olayotgan talablar taʼlim olish jarayonini buzmagan holda mehnat shartomasini tuzgan holda ishlashi mumkin va bunga qonunchilikda hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 3-Ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandida Oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʼnalishlarida oʼqiyotgan shaxslar 3-4-kurslaridan boshlab oʼqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʼrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʼlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanishi koʼrsatib oʼtilgan.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta-maxsus taʼlim vazirining “Oliy taʼlim toʼgʼrisida”gi Nizomini tasdiqlash haqida ( Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligidan 2003yil 22-fevral kuni №1222-son bilan davlat roʼyxtidan oʼtgan) 9-son buyrugʼining 50-bandiga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar oʼqishdan boʼsh vaqtlarida oliy oʼquv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi ham belgilangan.
Yuqorida qayd etib oʼtilgan normativ hujjatlarga koʼra, talabalar faqat taʼlimdan boʼsh vaqtida ishlash huquqiga egadirlar.
Biroq, Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 115-moddasiga muvofiq, xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.
Sodda qilib aytganimizda, 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan korxona, muassasa, tashkilotlarda kunlik 7 soatni tashkil qiladi, 5 kunlik ish haftasi joriy etilgan tashkilotlarda esa, ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq boʼlmasligi shartligi belgilangan.
Taʼkidlab oʼtish kerakki, talabalar oʼqishiga xalaqit bermagan holda 0,5 stavkada biroq agar talabaning boʼsh vaqti yetadigan boʼlsa, u holda talabalar toʼliq 1 stavkada ham asosiy xodim sifatida ishlashlari mumkin.
Bundan tashqari, qonunchilikda ish beruvchi ishni taʼlim bilan birga qoʼshib olib borayotgan xodimlar uchun bir qator imtiyozlar berishi ham belgilangan.
Jumladan, Mehnat kodeksining 249-moddasiga muvofiq taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʼqib, oʼquv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat toʼgʼrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq toʼlanadigan qoʼshimcha taʼtilga chiqish hamda qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga ega.
Shuningdek,Mehnat kodeksining 253-moddasi talabiga asosan, talabalarning yillik taʼtillarini hisobga olgan holda ish beruvchi ushbu toifadagi xodimlarga ularning xohishiga koʼra imtihonlar va sessiyalar vaqtiga toʼgʼrilab taʼtil berishi lozimligiham belgilangan.
Xulosa qiladigan boʼlsak, OTMning kunduzgi, kechki va sirtqi boʼlimlarida 3- 4-kurslarida taʼlim olayotgan talabalar mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin.
Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi