Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

MUDDAT O`TGAN TUG`ILISHNI TIZIMGA OLISH TARTIBI.


MUDDAT O`TGAN TUG`ILISHNI TIZIMGA OLISH TARTIBI.

Har bir bola oilada yashash, tarbiyalanish, o`z ota onasini bilish ,ularning g`amxorligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egadir . Shu jumladan bolaning asosiy  huquqlarida yana biri bu, uning tug`ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo`lishidir. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qatiy  nazar, FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Tug`ilishni qayd qilishning alohida hollari mavjud bo`lib, tug`ilishni qayd qilish uchun 1 oylik muddat o`tkazib yuborilgan taqdirda, FHDY organiga tug`ilishni qayd etish muddatini o`tkazib yuborganlik sabablari ko`rsatilgan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to`g`risidagi” Yo`riqnoma ning 15-bandida ko`rsatilgan
shakladagi ariza va quydagi hujjtlar taqdim etiladi
Bola(shaxs)ning tug`ilganligi haqida tibbiy ma`lumotnoma;
Bola(shaxs)ning sog`ligi to`g`risida ma`lumotnoma.
Bunda, FHDY organlari ushbu bolaga nisbatan tug`ilganlik qayd qilingan yoki qilinmagani haqida axborot electron tizimi orqali aniqlaydi..
Chet elda tug`ilgan , lekin tug`ilishi o`sha davlatlarda belgilangan tartibda qayd etilmagan bolaning tug`ilishini qayd etishda “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to`g`risidagi” Yo`riqnoma ning 43-bandida ko`rsatilgan hujjatlar talab etiladi. Yaqinda Beruniy tumani FHDY bo`limida  Oybekova Yasminaxon Rasulbek qizi ning  dalolatnoma yozuvi 837 raqam bilan tug`ilishi qayd qilinib ota-onasining nikohi shu kunning o`zida Beruniy tuamni FHDY bo`limida qayd qilindi.


Beruniy tumani FHDYO bo`limi 1 -darajali inspektori Maturazova Yulduz Zaripbayevna