Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mavzu: Allergik kasalliklar yuqori bo‘lgan hududlarda ommaviy skrining tekshirishlar o‘tkaziladi.


Mavzu: Allergik kasalliklar yuqori bo‘lgan hududlarda ommaviy skrining tekshirishlar o‘tkaziladi.
Prezidentning 23.11.2023 yildagi «Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-371-son qarori qabul qilindi.
Allergik kasalliklarning oldini olish, aholiga allergologik va immunologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari:
•    tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidan boshlab allergik kasalliklarning epidemiologik ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni kuchaytirish va manzilli skrining tekshiruvlarini joriy etish;
•    ehtiyojmand aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
•    bolalar va o‘smirlar, homiladorlar orasida allergik va immunologik kasalliklarning rivojlanish sabablarini erta aniqlash va ularni profilaktika qilish;
•    joylarda allergik kasalliklarni yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlarini kengaytirish hamda molekulyar tashxislash usullarini joriy etish.
Allergik va immunologik kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab allergik va immunologik kasalliklarga chalingan «Ijtimoiy himoya yagona reestri»da bo‘lgan bemorlar ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.
Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi 140 o‘rin fondidan iborat bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinadi. Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam Markaz tomonidan ko‘rsatiladi.
2024 yil 1 aprelga qadar allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reestrini yaratish va amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish maqsadida allergen o‘simliklar gulchangining aerobiologik monitoring tizimi respublikaning barcha hududlarida amaliyotga joriy etiladi.
2024 yildan boshlab quyidagilar nazarda tutiladi:
•    allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibini va mavsumiy tarqalish ko‘lamini hududlar kesimida o‘rganish;
•    aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish ko‘lami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid ma’lumotlar bilan birgalikda OAVda e’lon qilib borish.
2023–2025 yillarda respublika aholisiga allergologik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

   Amudaryo tumani Adliya bo‘limi
  Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
      bosh yuriskonsulti  1-darajali yurist:
       Sh.Sh.Vaisniyazov