Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi


Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi

Konstitutsiya har bir davlatning oily yuridik kuchga ega bo’lgan qonuni hisoblanadi. Konstitutsiya asosida davlatning boshqa qonunchilik hujjatlari qabul qilinadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’I Soveti tomonidan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ishlab chiqilgan va 1993-yil 9-aprel kuni “Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida”gi Qonun imzolandi.
Konstitutsiya qabul qilinishi qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi muhim qadam bo’ldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo’lim, XXVI BOB 121- moddadan iborat. Uning barcha moddalarida xalqaro umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va umuminsoniy tamoyillar aks ettirilgan. Konstitutsiyaning muqaddima qismida Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi maqsadi, birinchi bo’limda asosiy prinsiplar, ikkinchi bo’limda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, uchinchibo’limdajamiyatvashaxs, to’rtinchi bo’lim ma’muriy hududiy tuzilish, beshinchi bo’lim Davlat hokimiyatining tashkil etilishi, oltinchi bo’lim Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi belgilangan.
Konstitutsiyada belgilangan prinsip va normalar bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Ilxam Kurbanbaev,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti