Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Kommunal tizim sohasiga oid qonunchilik hujjatlari


Kommunal tizim sohasiga oid qonunchilik hujjatlari

Maʼlumki, koʼp soha va tarmoqlardan tashkil topgan uy-joy kommunal xoʼjaligi tizimi oʼz navbatida turli tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asosdagi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasi korxona va tashkilotlarga xizmat koʼrsatadi, ular faoliyatini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu asnoda, hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy maqsadi aholi farovonligini, turmush darajasi va sifatini oshirish, kommunal xoʼjaligi, kommunal tizim, kommunal, servis, maishiy xizmat, uy-joy shirkati, samaradorlik, suv taʼminoti, rekonstruktsiya, issiqlik taʼminotiga yoʼnaltirilganligidir.
Shu maqsadda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
Malumki, mamlakatimiz aholisini turmush darajasi va sifatini yaxshilashda kommunal xizmatlar sohasining oʼrni juda kattadir. Bu holat kommunal xizmatlar koʼrsatish sohasi faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor berishni talab etadi.
Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda bir qator huquqiy-meʼyoriy hujjatlar xususan, Uy-joy, Shaharsozlik kodekslari, «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʼgʼrisida», «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida», «Ijara toʼgʼrisida», «Ipoteka toʼgʼrisida», «Elektr energiyasi toʼgʼrisida», «Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisida», «Chiqindilar toʼgʼrisida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Ushbu qonunlardan unumli foydalangan holda aholiga kommunal xizmat koʼrsatish tizimi samaradorligini oshirish ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yuksalishini taʼminlaydi.
Shuning uchun ham kommunal xizmatlar tizimi sohasidagi islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlarning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi. islohotlarning izchil amalga oshirilishi uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini berdi
Hukumat tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar orqali kommunal xizmatlar ularning faoliyati tartibga solinadi va yuritiladi. Fikrimizcha, ushbu sohada faoliyatni samarali tashkil etish va yuritish koʼp jihatdan optimal iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish bilan uzviy bogʼliqdir. Shu maqsadda 2017-2021- yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha harakatlar strategiyasida “kommunal- maishiy xizmatlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv oʼtqazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini tubdan yaxshilash; hamda yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va aholini boshqa yoqilgi-energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash” masalalariga alohida eʼtibor berilgan. Natijada yangi ish oʼrinlari yaratiladi, ekologik va sanitariya muhitini yaxshilanadi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi ishlar amalga oshiriladi.
Xulosa oʼrnida aytganda, qabul qilinayotgan normativ hujjatlar, tom ma’noda yurtimizda kommunal xizmat koʼrsatish sohasi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi