Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nikoh tuzishga qanday holatlarda yo‘l qo‘yilmaydi?


Savol: Nikoh tuzishga qanday holatlarda yo‘l qo‘yilmaydi?

Javob:  O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu kodeksining 16-moddasiga ko‘ra:
loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Savol: Nikohlanuvchi shaxslar qanday holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi?
Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi.
Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqa alohida hollar mavjud bo‘lganda tibbiy ko‘rikdan o‘z roziligi bilan o‘tkaziladi.Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tishi kerak.

Anora NZANOVA,
Nukus shahar FHDYo bo‘limi 1-darajali inspektori