Янгиликлар
28
Oilada er va xotin majburyatlari
Oilada er va xotin majburyatlari
Nikoh FHDY organida ro`yxatga o`lingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va ular o`rtasida er-xotinlik huquq va majburyatlari vujudga keladi.
Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburyatlarga egadirlar.
Nikohni tuzish vaqtida er va xotin o`z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo`lgan o`z familiyasini saqlab qoladi.
Er va xotindan birining o`z familiyasini o`zgartirish boshqasining ham familiyasi o`lib kelmaydi.
Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar.
Er va xotinning har biri mashg`ulot turi, kasb va yashash joyini tanlashda erkindir.
O`zbekiston Respunblikasi oila qonunchiligiga binoan, faqat FHDY organida qayd etilgan nikohgina Er va Xotinning huquq va majburyatlarin keltirib chiqaradi.
Diniy rasmrusumlarga binoan tuzilgan nikoh hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqqrmaydi. Er-xotinning huquq va majburyatlari 2ga: mulkiy huquq va majburyatlarga bo`linadi.
Er-xotinning shaxsiy huquq va majburyatlariga Er-xotinning oilada tengligi, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini birgalikda hal qilish , mashg`ulot tu`ri, kasb va turor joy tanlsh huquqlari kiradi.
Er-xotinning oilada tengligi oila huquqining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, «Xotin qizlar va erkaklar teng huquqlidir ».
Oilada ham erkak va ayollar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy masalalarda teng huquq hamda majburyatlarga egadirlar. Bo`lajak Er-xotinlar nikohni qayd ettirish uchun FHDY organiga ariza berganidan so`ng, ularga o`zaro kelishuv asosida familiya tanlash huquqi berildi.
Er-xotinning mulkiy huquq va majburyatlari ikki tamon asosida : qonun va shartnoma asosida vujudga keladi.
Tòrtkòl tumani FHDY bòlimi 2-darajali inspektor Saparova Aziza