Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi

   O`zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 2024-yil 18-yanvar kungi “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasini o`tkazish to`g`risidagi 12-um sonli buyrug`i asosida Beruniy tumani adliya bo`limi FHDY bo`limi hodimlari tomonidan 29-yanvar kunidan shu kunga qadar tumandagi bir nechta OFYlar hududlarida hatlov ishlari amalga oshirilib kelmoqda.
   Hatlov davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o`rganilib, 14 ta tug`ilganlik, 11 ta nikoh, 6 ta nikohdan ajralganlik va 4 ta o`lim to`g`risidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qildirolmay yurgan holatlar aniqlandi. Shulardan 3 ta tug`ilish guvohnomasi , 8 ta nikoh , 4 ta  ajrim va 2 ta o`lim guvohnomalari topshirildi hamda murojaatlari qonun doirasida boshqa tartibda qayd qildiriladigan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
  2013-yilda Rossiya Federasiyasida tug`ilgan Yuldasheva Zarina maktabda bir necha yildan buyon hujjati yo`qligi sababli turli muammolarga duch kelgan. Uning tug`ilishi qayd qilish uchun zarur bo`ladigan tug`ilganligi qayd qilinmagani to`g`risidagi ma`lumotnomasi oldirilib tug`ilganligi qayd qilindi.
  2023-yil Qozog`iston Respublikasida farzandi vafot etib ol`im guvohnomasi bo`lmagani sababli  bugungi kunda uning  yetim qolgan voyaga yetmagan farzandlariga tayinlanadigan nafaqani ololmay yurgan Saliy akaning murojaati ijobiy hal qilindi. Beruniy tumani adliya bo`limi FHDY bo`limi hodimlari tashabbusi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vazirligi yordamida Qozog`iston Respublikasidan o`g`lining o`lim guvohnomasi oldirib berildi.

Beruniy tumani FHDY bo`limi mudirasi D.Nuiryeva