Янгиликлар
28
Nikoh shartnomasi tushunmovchiliklarning oldini oladi
Nikoh shartnomasi tushunmovchiliklarning oldini oladi
Oila Kodeksining 6-bobi “Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi” deb nomalanadi.
Unga ko`ra, nikoh shahrtnomasi-nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotiinning nikohda bo`lgan davrida va er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv hujjatidir. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ko`pchilik nikoh shartnomasi bu nikoh guvohnomasi deb hisoblaydi. Lekin bunday emas, nikoh bu erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlarning FHDY organlarida qonuniy ro`yhatdan o`tkazilishi bo`lsa, nikoh shartnonmasi ularning moddiy munosabatlarini tartibga soluvchi bitim hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi aynan er-xotin tomonidan emas, balki hali oilaviy munosabatlari vujudga kelmagan nikohlanuvchi shaxslar tomonidan ham tuzilishi mumkin.
Oila kodeksiga asosan, “Nikoh shartnomasi”ni tuzish ixtiyoriy hisoblanadi va uni tuzishga majburlashga yo`l qo`yilmaydi. Nikoh shartnomasini tuzish tomonlar, ya`ni er va hotin uchun mulkiy huquq va majbuiryatlarni keltirib chiqaradi. Milliy qonunchilikka asosan nikoh davrida ottirilgan barcha narsalar birgalikdagi mulk sanaladi.
Nikoh shartnomasini tuzish nikoh bekor qilinganda vujudga kelishi mumkin bo`lgan mulkiy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi tushunmovchiliklarning oldini oladi.
Beruniy tumani FHDY bo`limi mudirasi D.Nuiryeva