Янгиликлар
26
“2024-yil O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti haqida”gi Nizom
“2024-yil O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti haqida”gi Nizom
Ushbu qonuning maqsadi 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2024 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi hamda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘zining joriy xarajatlarini, shu jumladan davlat rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining 10 foizgacha bo‘lgan cheklangan miqdorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yo‘naltirishga haqli. Vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga chet el manbalaridan (chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan) ajratiladigan grant mablag‘larining (bundan miqdorlari va tarmoqlarini O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mustaqil ravishda aniqlash shartlari (imkoniyatlari) bilan ajratiladigan grant mablag‘lari mustasno) belgilangan miqdorlari ushbu Qonunga o‘zgartirish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi, shuningdek rivojlantirish dasturi maqsadli indikatorlarining bajarilish holati haqidagi hisobotlarini eshitishni amalga oshiradi.
Beruniy tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuristkonsulti M.Xaytbayev