Янгиликлар
26
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti to`g`risida
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti to`g`risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevral kungi “Xalqaro it-sertifikatlarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 95-son qarori bilan “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti” (keying o’rinlarda – Reglament deb yuritiladi) tasdiqlandi.
Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarning o‘qish hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini, shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajasiga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olishi va o‘qishi uchun sarflagan xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartiblarini belgilaydi.
Reglamentga ko’ra ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni so‘rab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilishi lozim.
Bunda ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat olish xarajatlarini to‘liq qoplash bo‘yicha so‘rovnoma yuborish vaqtida ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lishi lozim.
Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
Xalqaro IT-sertifikatlar boshlang‘ich darajada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darajada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Bunda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning mazkur sertifikatni olish xarajatlari Reglamentning 2-ilovasida nazarda tutilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga muvofiq to‘liq qoplab beriladi.
Xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lmasdan turib, ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikat olish uchun o‘quv kursiga sarflagan xarajatlari qoplanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
J.Ismoilov,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat xizmatlari ko’rsatilishi
ustidan nazorat qilish sho’basi,
Yetakchi maslahatchisi.