Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

“Huquqni bilish - taraqqiyot kaliti” shiori mavzusida huquqiy targʼibot oʼtkazilmoqda


“Huquqni bilish - taraqqiyot kaliti” shiori mavzusida
huquqiy targʼibot oʼtkazilmoqda

Taʼkidlash joizki, yurtimizda yoshlarga oid sezilarli darajada ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, soʼnggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida qonunchiligimizda yoshlarni har sohada qoʼllab quvvatlovchi normativ- huquqiy hujjatlar koʼplab qabul qilinmoqda.
Hukumat hujjatlariga asosan, vazirliklar, tashkilotlar va huquqni muhofoza qiluvchi organlar oldiga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida aniq vazifalar va yoʼnalishlar belgilab berildi. Ushbu yoʼnalishda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligining 2024-yil 31-yanvar kuni tasdiqlangan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash boʼyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dastur doirasida Toʼrtkoʼl tumani adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi xodimlari tomonidan biriktirilgan hududlarda mahalla fuqarolari yigʼinlari raislari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda          “Huquqni bilish - taraqqiyot kaliti”, ”Huquqiy axborot kuni”, shuningdek ”Аdliya - yoshlarga koʼmakdosh” mavzularida tumandagi ovul va mahalla fuqarolari yigʼinlari hamda umumiy oʼrta taʼlim maktablarida yoshlar bilan manzilli huquqiy targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda.
Аyni kunda, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga qarashli 15 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablarida, shuningdek, tumandagi biriktirilgan mahallalarda yoshlar gavjum joylarda 260 ta ishtirokchilar qatnashuvida huquqiy aksiyalar, huquqiy savol-javoblar, tanlovlar va sovrinli viktorinalar tashkil qilindi.
Huquqiy aksiyalar davomida, asosiy eʼtibor hududda uyushmagan va ogʼir ahvolga tushib qolgan yoshlarni kasb-hunarga oʼrgatish, tadbirkorlik sohasida oʼz faoliyatini yoʼlga qoʼyish, subsidiya ajratish, ishga joylashtirish, ularga psixologik koʼmak berish, fan va sport toʼgaraklariga jalb qilish masalalariga qaratilmoqda.
Shu bilan birga, tumanimizdagi umumiy oʼrta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot diniy gʼoyalardan asrash, diniy bagʼrikenglik, huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilmaslik, jamoat joylarida odob-axloq qoidalariga amal qilish hamda keksalar va ota-onalarni hurmat qilish borasida, urf-odatlarimizga hos ravishda maʼrifatlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi