Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyun kungi “kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-93-son Farmoni to’g’risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyun kungi “kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-93-son Farmoni to’g’risida
Mazkur Farmonga muvofiq, Respublikada kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish.Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish belgilangan.
Unga ko’ra, dasturda tadbirkorlik subyektlari ularning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
Hamkorlik shartnomalari quyidagi tartibda tuziladi:
51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) takliflariga asosan tuman (shahar) hokimi va uning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan;
101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — hokim yordamchilarining takliflariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan
200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi taklifiga asosan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan;
Hamkorlik shartnomalari loyihalari mos ravishda Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi;
Savdo-sanoat palatasi “hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlik subyektlariga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beradi va ularga “hamkorlik shartnomalari” to‘liq bajarilishi yuzasidan har tomonlama ko‘maklashadi;
            Hamkorlik shartnomalaridagi tomonlarning majburiyatlari bajarilishi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan nazorat qilinadi.
Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar beriladi:
-kredit liniyasi mablag‘lari Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining murojaatiga asosan ajratiladi;
-kredit liniyasi mablag‘lari tijorat banklariga 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada beriladi;
-kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan kreditlar (shu jumladan, ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan) Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz Stavka miqdorlarda ajratiladi.
- tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvarga qadar:
-tadbirkorlik subyektlari ushbu fuqarolarga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;
-fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi;
-tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur mablag‘lar va infratuzilma bilan ta’minlash yo‘nalishida:
-ishsiz fuqarolarni kasbga o‘rgatish va o‘z ishchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
-barcha soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz va foizsiz bir yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
-davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va erga bo‘lgan huquqlar auksion orqali sotib olinganda, to‘lovlarni 5 yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi;
-tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi;
-50 milliard so‘m va undan yuqori qiymatdagi loyihalarni amalga oshirganda belgilangan tartibda zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi;
-budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan to‘lov miqdori bir milliard so‘mgacha bo‘lgan xaridlar bo‘yicha 30 foizdan 50 foizga, bir milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan xaridlar bo‘yicha 15 foizdan 30 foizga oshiriladi;
-hududlarda bo‘sh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki bo‘lgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan binolari Dastur ishtirokchilariga o‘z xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov (talabgor yagona bo‘lganda — to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori bo‘yicha ijaraga beriladi;
-qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
-qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bekor qilinmaydi;
-tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini bojxona va soliq organlarining hisob tizimlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyati beriladi;
-bojxona nazoratini amalga oshirishda “yashil yo‘lak” qoidalari amal qiladi;
Barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).