Янгиликлар
16
“DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHIRISH” TO’G’RISIDA QONUN QABUL QILINDI
“DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHIRISH” TO’G’RISIDA QONUN QABUL QILINDI
Joriy yilning 14-fevral kuni “Davlat mulkini xususiylashirish” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat mulkini xususiylashtirish deganda, davlat mulkini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizatsiya qilish tushuniladi.
Xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:
- davlat ko’chmas mulk obyektlari;
- davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
- davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.
Vakolatlari davlat organi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari hamda xaridorlar davlat mulkini xususiylashtirish subyektlaridir.
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishi qonunchilikka muvofik taqiqlangan shaxslar, shuningdek ishtirok etishi insofsiz raqobatga olib kelishi mumkin bo‘lgan talabgorlar va ularga nisbatan affillangan shaxslar davlat mulki xususiylashtirilayotganda talabgor bo‘lishi mumkin emas.
Xususiylashtiriladigan davlat mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish yoki boshqacha tarzda tasarruf etish davlat mulkini xususiylashtirish dasturi qabul qilingan kundan e’tiboran taqiqlanadi, bundan davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan hollar mustasno.
Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno:
auksion:
tanlov savdolari
muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
raqobatga asoslangan muloqot, birja savdolari;
davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyating ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish,
davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.
Mazkur qonun 2024-yil 16-may sanasidan kuchga kiradi.
Ellikqa’la tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Nurmaxashev