Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Intellektual mulk sohasidagi ayrim konunlar Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirildi


Intellektual mulk sohasidagi ayrim konunlar Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirildi

“O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 2024-yil 15-fevral kuni Prezident tomonidan imzolandi.
Ushbu sohada soʻngi yillarda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida xalqaro tashkilotlardagi tutgan o‘rnini yanada yaxshilash, shuningdek xalqaro tashkilotlarga qo‘shilishi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish dolzarb masalalardan biridir. Davlatning Jahon savdo tashkilotiga kirishi shartlaridan biri milliy konunchilik normalarini Jahon savdo tashkilotining bitimlarida nazarda tutilgan normalarga muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Shu munosabat bilan Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari to‘g‘risidagi bitim talablariga asosan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi hamda “Tovar belgilari, xizmat kursatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ushbu Qonun bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, ularda sanoat mulki obyektiga bo‘lgan huquqdan huquq egalarining manfaatlarini inobatga olgan xolda, ushbu obyektlar egasining roziligisiz foydalanishning aniq tartibini belgilash xamda tovar belgilari boshqa shaxslar tomonidan insofsiz tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, huquqlarni himoya qilish uchun da’vo muddatini chiqarib tashlash nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari ushbu Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga patent bojlarining, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni va boshqa tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun olinadigan davlat bojining miqdorlarini birxillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Konun sanoat mulki ob’ektlarining egalari huquqlarini himoya qilishga, patent bojlarining va tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun olinadigan davlat bojlarining miqdorlarini birxillashtirishga, shuningdek milliy konunchilikni Jaxon savdo tashkilotining qoydalari va normalariga uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shichalarga ko‘ra sanoat mulki obyektlari uchun huquq egalari tomonidan majburiy litsenziya berish talablari, patent egasining ruxsatisiz undan foydalanishga ruxsat berish mumkin bo‘lgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli to‘lanishi aniq belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Konuniga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojining miqdori birxillashtirilgan holda BHMning 1 baravari deb belgilandi. Bungacha xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar uchun boj BHMning 10 baravari miqdorida edi.
Shuningdek, mahalliy va xorijiy talabnoma topshiruvchilarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir xil imkoniyat yaratish, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uchun birxillashtirish, shuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik shaxslar kesimida belgilandi.
Bundan tashqari, ayrim ixtiro va foydali modellarni muxofaza qilish bilan bog‘lik yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishda imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 90 foiz miqdorida, ta’lim oluvchi shaxslar, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foiz miqdorida, yuridik shaxs bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foiz miqdorida imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan.
Ushbu «Davlat boji to‘g‘risida»gi Konunga kiritilgan o‘zgartirishlar 2025 yilning 1 yanvaridan amalga kiritiladi.

Intellektul mulk huquqlarini himoya qilish
bo‘yicha bosh maslahatchisi N.Esnazarov