Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Diniy ekstremizm va terrorizm-jamiyat taraqqiyotiga tahdid


                   Diniy ekstremizm va terrorizm-jamiyat taraqqiyotiga tahdid
Ma`lumki,Oʼzbekistonda turli millatga mansub, turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashab kelmoqdalar va yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha ulkan yutuqlarimizning zamirida avvalambor,jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi.
Yaqin sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli toʼqnashuvlarni o`z boshidan kechirmoqda.
Soʼnggi yillarda turli aqidaparast oqimlar ayniqsa yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini taʼsir doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron koʼrinishda tarqatish va internet orqali targʼibot oʼtkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Аyniqsa, internet tarmogʼida oʼzini “Islom davlati” (IShID), “Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar goʼyoki islom ravnaqi yoʼlida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targʼibot-tashviqot keng koʼlamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning koʼplab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etib daʼvosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qoʼshilayotganining guvohi boʼlmoqdamiz.
Аfsuski, yoshlarning muayyan qismi IShIDni haqiqatda ham islom dinini butun dunyoga tarqatish, islomiy davlat barpo etgan holda dunyoda adolat oʼrnatishni maqsad qilgan tashkilot deb hisoblaydilar.
    Bunday fikrlovchilar Markaziy Osiyoda, xususan, Oʼzbekistonda ham bor ekani hech kimga sir emas. Bunday yoshlar yuqorida qayd etilgan hududlarda insonlarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni goʼyoki xalifalik qurish uchun joiz amal hisoblab qattiq adashmoqdalar.
Eng achinorli tomoni esa,koʼpchilik yoshlar pul topish istagida xorijga ketganlarining baʼzilari chet eldagi yasama “din daʼvatchilari”ning qarmogʼiga ilinib, soxta “hijrat” va “jihod” daʼvatlariga uchayotgani, uch-toʼrt soʼm uchun Suriya, Аfgʼoniston kabi kabi nizo va urush oʼchoqlarida qoʼllarini qonga belab, oʼz ona-yurtiga qurol oʼqtalish darajasidagi manqurtga aylanib qolayotgani bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligini taqozo qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, tinchlikni bu ulugʼ neʼmat hisoblanadi.
Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yoʼlida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan sayʼy-harakatlarni eʼtiqodan qoʼllab-quvvatlashlari va qoʼlidan kelgancha ularga yordam berishlari lozim.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʼshish – har birimizning va shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi boʼlishidan qatʼiy nazar, eng asosiy vazifalaridan biri boʼlib qolmogʼi lozim.
Bekpulat Avazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshlig`i