Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Xavfsiz,tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi


                         Xavfsiz,tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi

Soʼnggi davrlar mobaynida yurtimizda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu yoʼnalishda, Prezidentning 2020 yil 15 sentyabrda Xavfsiz,tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida PQ-4859-son qarori qabul qilindi.
Hech bir shubhasiz, yurtimizda xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan oʼzgarib, xorijdagi mehnat migrantlari bilan muloqot oʼrnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini oʼrganish hamda hal qilish boʼyicha yangi tizim joriy qilindi.
Shubhasiz, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʼllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning reintegratsiyasini taʼminlash, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Ushbu qaror bilan, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining asosiy yoʼnalishlari belgilandi.
Mazkur qarorga asosan,Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini oshirish, ushbu maqsadda vazirlik, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vazifa va vakolatlari doirasi yanada kengaytirildi.
Muhim jihatlardan biri, xorijga ishlashga ketishdan oldin Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʼqitish amaliyotini samarali yoʼlga qoʼyish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimi joriy qilindi.
Qaror bilan, xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan xorijga fuqarolarni ishga yuborish tartiblari belgilandi.
Mazkur hujjat bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʼli bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʼqitish belgilndi.
Ushbu qaror bilan Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan kollejlar va texnikumlarda mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga oʼqitish kurslari tashkilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli oʼqitish dasturlarini ishlab chiqish, metodik taʼminotni yaratish, xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislarini va yetakchi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini jalb qilish, oʼqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlim ustalarining pedagogik mahoratini oshirish huquqi berildi.
Muhim tomonlardan biri, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila aʼzosi sifatida eʼtirof etilgan yoki «Temir daftar», «Аyollar daftari», «Yoshlar daftari»dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʼli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi ham joriy qilindi.
Davronbek Аllabergenov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulьti