Янгиликлар
08
«Oʼzbekiston — 2030» Strategiyasi
«Oʼzbekiston — 2030» Strategiyasi
Taʼkidlash kerakki, xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Oʼzbekistonni barpo etish boʼyicha xohish-irodasini roʼyobga chiqarish, har bir fuqaroga oʼz salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sogʼlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʼgʼiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadida 2023-yil 11-sentyabr kuni Prezident tomonidan “Oʼzbekiston 2030 strategiyasi toʼgʼrisida” PF-158-son farmoni qabul qilindi.
«Oʼzbekiston — 2030» strategiyasi”ning bosh maqsadlari qatoriga barcha fuqarolarning oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, sogʼlom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash kiradi.
Mazkur hujjatda aytilishicha, u «Yangi Oʼzbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish jarayonida toʼplangan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida» ishlab chiqilgan.
Farmonda «yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitda asosiy yoʼnalishlarni takomillashtirish va mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi» qayd etilgan.
Mazkur farmonda qayd etilgan «Oʼzbekiston — 2030» strategiyasida quyidagi asosiy gʼoyalar oʼz ifodasini topgan:
Ususan, barqaror iqtisodiy oʼsish orqali oʼrtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qoʼshilish;
xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga toʼliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish;
xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va zamonaviy davlat qurish;
mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash.
Strategiya beshta ustuvor yoʼnalishni qamrab oladi:
har bir insonga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy oʼsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
«xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli koʼrsatkichlariga erishish mamlakatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlari uchun ustuvor vazifa deb eʼlon qilindi.
«Oʼzbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish boʼyicha Respublika komissiyasiga bosh vazir Аbdulla Аripov rahbarlik qildi. Komissiya har olti oyda prezidentga hujjat ijrosi haqida hisobot berib boradi.
Ikki hafta muddatda fuqarolar strategiyani amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlarni baholab, oʼz fikr va tashabbuslarini bildirishlari mumkin boʼlgan onlayn portal ishga tushirilishi kerak.
Mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha besh yilga moʼljallangan (2017−2021 yillar) birinchi Harakatlar strategiyasi 2017 yilda qabul qilingandi. Prezident 2022 yil boshida Yangi Oʼzbekistonni 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Farmonda yangi strategiya doirasida «oʼz dolzarbligini yoʼqotmagan barcha maqsadlarga erishish, shuningdek, Yangi Oʼzbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilab berilgan, amalga oshirish davom etayotgan dolzarb vazifalarning ama fuqarolarning oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, Xulosa oʼrnida aytganda, «Oʼzbekiston — 2030» strategiyasi”tom maʼnoda fuqarolarni sogʼlom va bilimli avlodni tarbiyalash, yangi Oʼzbekistonda kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlashga xizmat qilishi ,shubhasiz.
Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi