Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yuridik xizmat va sohaga oid normativ hujjatlar


                              Yuridik xizmat va sohaga oid normativ hujjatlar
Taʼkidlash kerakki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021- yil 29- iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-5168-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida” Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʼrsatish markazlarini (keyingi oʼrinlarda- Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu Nizomning 2-bobi,13-bandiga asosan markazlarning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi.
Unga koʼra:
-yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
-yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish;
-yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
-yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʼz vaqtida, har tomonlama himoya qilish;
-davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korruptsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʼmaklashish.
Ushbu qarorga asosan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Jumladan:
Moliya boʼlimi, Xalq taʼlimi boʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʼlimi, Madaniyat boʼlimi,Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʼlimi, Davlat oʼrmon hoʼjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi boʼlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya boʼlimi, Qoʼrilish boʼlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, Oila va xotin-qizlar boʼlimi, Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi, Davlat soliq inspektsiyasi, Qishloq xoʼjaligi boʼlimi, Turizm va madaniy meros boʼlimi va Yoshlar ishlari agentligi boʼlimlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Shu bilan bir qatorda,, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 18- mart kuni “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PQ-173-son qarori ham qabul qilindi.
Ushbu qarorning 2-bandiga koʼra 2022- yil 1- avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan Respublikaning barcha tuman va shaharlarida qoʼshimcha oʼnta yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlariga ham qoʼshimcha yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Xulosa oʼrnida aytganda,ayni kunda tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan 120 dan ziyod tumandagi davlat organlari,tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash maqsadida yuridik xizmat koʼrsatib kelinmoqda.
Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshligʼi