Янгиликлар
06
Qonunchilikdagi yangiliklar
Qonunchilikdagi yangiliklar
Xotin-qizlar masalasi boʼyicha inspektorlarga qoʼshimcha vakolatlar berilmoqda
Maʼlumki, 2024yil 1- fevralь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OʼRQ-902-sonli Qonuni imzolandi.
Mazkur Qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga bir qator qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritildi.
Xususan,endilikda, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalari boʼyicha inspektorlariga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi.
Unga koʼra, voyaga yetmaganlar masalalari boʼyicha inspektor-psixologlarga:
voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ota-onalar yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʼllash (Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 47-moddasining 1-qismi);
taʼlim muassasalari hududi va uning atrofida oʼquvchilar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan huquqbuzarliklarni oldini olish va maktablarda jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzish hamda belgilangan tartibda jazo chorasini qoʼllash (Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 56−1, 183, 187-moddasi 1-qismi);
voyaga yetmaganlarni gʼayriijtimoiy xatti-harakatlarga (spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalari yoki odamning aql-idrokiga, irodasiga taʼsir qiladigan moddalarni isteʼmol etishga) jalb qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʼllash (Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 188-moddasi) vakolatini berildi.
Muhim oʼzgarishlardan biri, endilikda qonun bilan ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʼyicha inspektorlariga tazyiq oʼtkazgan yoki zoʼravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʼlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati ham berildi.
Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi