Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bolalarni farzanlkikka olish tartibi


Bolalarni farzanlkikka olish tartibi

Ma`lumki,voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish  Oila Kodeksining 167 va 237-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 12- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida nizom asosida amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish faqat ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga va vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarori bilan amalga oshiriladi.Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qo‘yilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin bo‘lgan bola (bolalar) to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) ko‘rish uchun yo‘llanma beradi.Agar farzandlikka olishga nomzodlar o‘z yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola to‘g‘risida ma’lumot olish uchun o‘z xohishlariga ko‘ra boshqa tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilishi mumkin.Hududida bola farzandlikka olingan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi farzandlikka olish to‘g‘risida tuman, shahar hokimining qarori chiqqandan keyin 7 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa ariza beruvchilarga beriladi va farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi.Vasiylik va homiylik organi salbiy xulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yishning rad etilishini xulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining e’tiboriga yetkazadi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.    
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart (o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno).
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo‘qotadilar hamda o‘zaro majburiyatlardan ozod bo‘ladilar.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini ko‘zlab, bolaning huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining iltimosiga ko‘ra, agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining iltimosiga ko‘ra saqlanib qolishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga ko‘ra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin.

Bekpulat Avazmetov,
To’rtko’l  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi  boshlig`i