Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qonunchilikdagi yangiliklar Nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari tarmogʼi kengaytirilmoqda


Qonunchilikdagi yangiliklar
Nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari tarmogʼi
kengaytirilmoqda
Shu asnoda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 31- yanvar kuni “ Nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subьektlarini jalb etish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-49-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga koʼra, 2025 yil 1 yanvardan quyidagi talablar joriy etiladigan boʼldi:
Unga koʼra, nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun tijorat banklarining oʼz mablagʼlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard soʼmgacha boʼlgan kreditlar boʼyicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʼp boʼlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etilishi belgilandi.
Shu bilan birga,qaror bilan nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʼzining bino va inshootlarida umumiy oʼrta taʼlim faoliyatini yoʼlga qoʼygan tadbirkorlik subʼektlariga 5 yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladigan boʼldi.
Bundan tashqari, 2030 yil 1 yanvargacha yuridik shaxslarga oʼz mablagʼlari hisobidan nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlarning foyda soligʼini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Shuningdek, qarorga koʼra yangi nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʼlga qoʼyish va binolar qurish uchun joylardagi hokimliklar tomonidan har yili 1 martgacha maqbul yer uchastkalarii aniqlanadigan boʼldi.
Mazkur qarorga asosan, 1 aprelgacha respublika boʼyicha umumiy maydoni 50 gektar yer uchastkasidan kam boʼlmagan manzilli roʼyxat tasdiqlash uchun Hukumatga kiritilishi belgilandi.
Shuningdek, har yili 1 maygacha tasdiqlangan manzilli roʼyxatga asosan yer uchastkalari “E-auksion” savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqariladi.
Muhim oʼzgarishlardan yani biri, bunda auktsion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan yer uchastkalari savdodan yechilmasdan boshlangʼich narxini qadamma-qadam 50 foizgacha pasaytirish mexanizmini qoʼllagan holda, takroriy auktsion savdolariga chiqariladi.

Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi