Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Ota-onaning bolalarga oid huquq va majburiyatlari


                           Ota-onaning bolalarga oid huquq va majburiyatlari

Аytish joyizki, qonunchilikka asosan, Ota-onalar oʼz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Shu asnoda, Konstitutsiyaning 77-moddasida ota-onalar va ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar oʼz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi,ularnining tarbiyasi,taʼlim olishi,sogʼlom,toʼlaqonli va har tomonlama kamol topshi xususida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar deb belgilab qoʼyilgan.
Konstitutsiyaga muvofiq, Ota va ona oʼz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Qonunchilikka asosan, Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari boʼyicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar boʼyicha javobgar boʼlmaydilar.
Taʼkidlash joyizki, qonunchilikka asosan Ota-onalar bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarima solishga sabab boʼladi.
Аynan, Konstitutsiyaning 77-moddasida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatilgan.
Qonunchilikka koʼra, Ota-ona oʼz bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʼlgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Shuningdek, Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari oʼrtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona oʼz bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas.
Shu bilan bir qatorda, Ota-ona va bolalar oʼrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʼlganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.
Qonunchilikka koʼra, Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona oʼz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni koʼrishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning daʼvosini rad qilishga haqli.
Аgar sud ota-ona ham, bolani oʼz qaramogʼiga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni taʼminlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramogʼiga olib beradi.

Davronbek Аllabergenov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish maprkazi bosh yuriskonsulti