Янгиликлар
30
2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarxisobi
2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarxisobi!!!
Markazlar faoliyatida qoʼllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini kengaytirish, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini keskin oshirish hamda ish yuritishni «qogʼozsiz» tamoyil asosida olib borish Аdliya vazirligining ustuvor faoliyat yoʼnalishlaridan biridir.
Davlat xizmatlari markazlari aholiga qulay, tezkor, shaffof va sifatli davlat xizmatlarini koʼrsatish samaradorligi yildan yilga oshmoqda.
Аmudaryo tumani Аdliya boʼlimi Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2023 yil davomida jami 66 774 ta davlat xizmati koʼrsatilgan.
Davlat xizmatlari markazlarida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarning eng koʼp foydalanishgan davlat xizmatlari, Jumladan:
Elektron raqamli imzo kalitlarini berish (13267 ta);
Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish (7722 ta);
Narkologiya va Ruhiy kasalliklar boʼyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma olish (6654 ta);
Kadastr pasportini shakllantirish (5127 ta);
Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishga ariza yuborish (4291 ta);
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obʼektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish (3444 ta);
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʼgʼrisida maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuborish (2362 ta);
Keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʼllanmalar berish (1603 ta);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʼquvchisi yoki bitiruvchisi boʼlgan yoshlarga kompyuter xarid qilish boʼyicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berish (1278 ta);
Mavzuli soʼrovlarni ijro etish (1120 ta);
Nafaqa tayinlash uchun ariza berish (1398 ta);
Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida malumotnoma berish (1121 ta);
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash (1274 ta);
Kredit tarixi to‘g‘risida malumotnoma berish (1513);
Mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida malumotnoma berish (1528);
Chet tilini bilish darajasini aniqlash (1113);
Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma(sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish (1482 ta) davlat xizmatlari ko’rsatilgan.
Tadbirkorlik subьektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazishda 524 yuridik shaxslar, 720 yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan.
Tadbirkorlik subьektlarini qayta davlat roʼyxatidan oʼtkazishda 193 yuridik shaxslar, 151 yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan. Shuningdek davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan olis hududlarga chiqqan holda davlat xizmatlarini koʼrsatish amaliyotini keng qoʼllagan holda 2023 yil davomida tumandagi ovul va mahallalarida sayyor tartibda fuqarolarga 3507 ta davlat xizmati koʼrsatildi va sayyor xizmat koʼrsatish jarayonida fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʼnikmalari, davlat xizmatlari koʼrsatish sohasiga oid yangiliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Аmudaryo tumani Davlat xizmatlari markazining “Xitoy filiali”da hudud aholisiga muntazam davlat xizmatlari koʼrsatilib kelinmoqda hamda 2023 yil davomida 3302 ga yaqin davlat xizmatlari DXM “Xitoy filiali” orqali koʼrsatilgan.
Sarvar Xaytboyev
Amudaryo tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i