Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limining 2023-yil sarhisobi


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limining 2023-yil sarhisobi

Tuman adliya bo‘limi tomonidan, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha, o‘z vakolatimiz doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 244 ta murojaatdan, 169 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erilishgan bo‘lsa, 67 ta murojaat egalariga huquqlari tushuntirilgan bo‘lsa, 7 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi. (qoldiq-1).
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha, Adliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 20 ta o‘rganish va 13 ta monitoring tadbirlari 62 ta Davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilib 3837 dan ortiq ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
O‘rganish natijaisga ko‘ra, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 28 takliflar berildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga nisbatan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha 92-ta taqdimnoma kiritilildi.
Taqdimnoma ijrosi yuzasidan, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 29 nafar aybdor ma’sul xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi va 178 335 691 so‘m miqdorda fuqarolarga yetkazilgan zarar qoplashishi ta’minlandi.
Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan 203 ta hujjatlar bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirildi.    
Aniqlangan qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan 44 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlikka to‘rtildi.
Sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha 15 ta da’vo arizalari kilitilib 148 652 700 so‘m miqdordagi yetkazilgan zararlari qoplanishi ta’minlandi.
Shuningdek, Huquqiy ekspertiza sohasida, “E-qaror” tizimi orqali tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashining 5 ta normativ huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, boshqa normativ huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlari doimiy monitoring qilib borildi.
Huquqiy targ‘ibot sohasida, 1442 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, yangidan qabul qilingan 964 ta normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlariga tizim orqali yetkazilishi ta’minlandi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2023-yilda xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan 40 450  ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari “E-huquqshunos” elektron tizimi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan huquqiy ekspertiza natijasiga ko‘ra, 39 171 ta holatda hujjat loyihalari qonunchilikka muvofiq bo‘lgani uchun ijobiy hulosalar berilgan bo‘lsa, 590 ta holatda hujjat loyihalari qonunchilikka nomuvofiq bo‘lgani uchun salbiy hulosalar bilan qayta ishlovga qaytarilgan.
Shuningdek, xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar manfaatini ko’zlab jami 140 million so'mdan ortiq 68 ta talabnoma hamda 22 345 620 so’mlik 8 ta sudga da’vo arizalari kiritilib huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023 yil 12 oyida 68 579 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan ko‘rsatilgan. Shundan, onlayn tarzda (my.gov.uz) 13 707 ta davlat xizmatini tashkil etadi.
Ko‘rsatilgan davlat xizmatlarida 293 ta vakolatli organlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzulishlar maxsus xabarlar yuborilib ta’sir choralari qo‘llanildi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi fuqarolarga 5015 ta tug‘ilishni, 1082 ta o‘lim, 1830  ta nikoh va 177 ta nikohdan ajralganlik, 383 ta otalikni belgilash, 51 ta farzandlikka olish harakati, 138 ta dalolatnomaga o‘zgartirish kiritish hamda ismi sharifini o‘zgartirishga oid 42-ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Fuqarolar uchun yana bir qulaylik, bo‘limda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berish davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.


To‘rtko‘l tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i M.Nuraddinov