Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Hajga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladi


Hajga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladi

    O‘zbekistonda 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Haj ziyoratiga boruvchilarning yagona onlayn navbati barcha uchun ochiq bo‘ladi. Endilikda Haj ziyoratiga borishda navbatga turish tizimini ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida Haj ziyoratiga boruvchilarning yagona onlayn navbati doimiy yangilab boriladi va u barcha uchun ochiq bo‘ladi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar ko‘rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritib boradi;
har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
2023-yil 1-dekabrdan ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati quyidagi maʼlumotlar bilan to‘ldiriladi:
hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) maʼlumotlar;
bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);
markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi maʼlumotlar.

Ellikqal’a tumani Adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i
Jabbarov Anvar Jumabayevich