Янгиликлар
30
Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatish ta’rtibi belgilandi
Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatish ta’rtibi belgilandi
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga asosan kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi
Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq turlar bo‘yicha belgilanadi.
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
• ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
• qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
• yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
• ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
• ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
• o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda
Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin. Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi.Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor bo‘lganda yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra qog‘oz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida filialga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda filialga yuboriladi.
Filial zarur hollarda ariza beruvchi bilan kelishib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqqan holda, obyektning parametrlari bo‘yicha o‘lchov ishlarini amalga oshiradi, xatlovdan o‘tkazadi hamda talab etilganda ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi.
Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda bo‘lmagan taqdirda, so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda xolislar (qo‘shnilar) ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va murojaat (so‘rovnoma) ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan murojaat (so‘rovnoma) ko‘rilmasdan qoldirilganligi haqida filial mas’ul xodimlari tomonidan ERI bilan tasdiqlangan xabarnoma 1 ish kuni davomida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:
a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
• ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;
• yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:
• umumiy maydoni 100 kv.m. gacha bo‘lganda — 5 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha bo‘lganda — 7 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha bo‘lganda — 10 ish kunigacha;
• v) ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi bo‘yicha:
• umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha.
• umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha bo‘lganda — 15 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha bo‘lganda — 20 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq bo‘lganda — 25 ish kunigacha;
• ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ababekov