Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Amudaryo tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot


Amudaryo tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot

2023-yil davomida Amudaryo tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar tomonidan 50875 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va xulosa olish uchun kelib tushgan.
Shundan 45955 ta hujjatga ijobiy xulosa;
724 ta hujjatga salbiy xulosa berilgan;
4196 ta hujjatlar mavjud kamchiliklari sababli rad etilgan.
Bundan tashqari tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash yo‘nalishida tashkilot manfaatlarini ko‘zlab 131 ta talabnomalar (umumiy summasi-339 729 020 so‘m), 4 ta da’vo arizasi (umumiy summasi
1 066 262 426 so‘m) kiritilgan.
Markaz tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha berilgan 10 ta xabarnomalarga asosan tuman adliya bo‘limi tomonidan 9 ta taqdimnoma va 1 ta jinoiy takliflar kiritildi.
Shuningdek markaz xodimlari tomonidan aholining huquqiy bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 140dan ortiq targ‘ibot ishlari olib borildi. Shulardan OAVlari orqali 62 ta, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish 218 ta va yuzdan ortiq og‘zaki targ‘ibotlar amalga oshirildi.


Amudaryo tumani adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i N.Jumaniyazova