Янгиликлар
29
2023 yil davomida Amudaryo tumani FHDYo bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T
2023 yil davomida Amudaryo tumani FHDYo bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida
M A ‘ L U M O T
Amudaryo tumani FHDYo bo‘limi tomonidan aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2023 yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Jumladan, 5509 ta tug‘ilganlik qayd qilinib, shundan 5 nafari muddatida tug‘ilishi qayd qilinmagan bolalar bo‘lib, qo‘shimcha hujjatlar to‘planishida amaliy yordam berilib, tug‘ilganligi qayd qilinib, guvohnomalar berildi.
Nikohda turmagan ota-onalardan tug‘ilgan 149 ta farzandlarga otalik belgilanib, o‘tgan 2022 yilga nisbatan 32 taga, yolg‘iz onadan tug‘ilgan 56 ta bolalarga tug‘ilganlik guvohnomalar berilib, o‘tgan yilga nisbatan 14 taga kamaydi.
1671 ta nikoh qayd qilingan bo‘lib, shundan 1289 tasi yosh oilalar bo‘lib, sayyor ravishda o‘tkazilgan nikohlar soni esa 306 tani tashkil qiladi.
2023 yil nikohdan ajralish 141 ta bo‘lib, o‘tgan 2022 yilga nisbatan ajrimlar soni 42 taga kamaydi.
Tuman FHDYo bo‘limiga jismoniy shaxslardan kelib tushgan jami 280 ta murojaatlarga tegishli ravishda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Minsk Konvensiyasi asosida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 75 nafar fuqaroga MDH davlatlaridan guvohnoma va ma’lumotnomalar olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Fuqarolarga ko‘rsatilgan huquqiy xizmatlar natijasida jami 241 153 500 so‘m davlat boji, 281 956 500 sum gerb yig‘imi, 182 390 000 so‘m pulli xizmat ko‘rsatildi.
Amudaryo tumani adliya boʻlimi
FHDY bo’limi isnpektori M.Eshmuradova