Янгиликлар
29
Markaz tomonidan 2023yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili
Markaz tomonidan 2023yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili
2023-yil xolatiga To’rtko’l tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi orqali jismoniy va yurdik shaxslarga 54872ta davlat xizmatlari ko’rsatildi.
Markaz tomonidan 525ta yurdik shaxslar va 537ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
Aholining huquqqiy savotxonligini oshirish maqsadida 9ta sayyor qabullar tashkil qilindi. Bundan tashqari 2023 yil “O’zimiz keldik” aksiyasi doirasida, aholi va tadbirkorlik subyektlariga 3480ta davlat xizmati sayyor tartibda ko’rsatildi.
Tumandagi Oqboshli,Oqqamish va O’zbekiston OFYlari aholisiga yengillik yaratish maqsadida “O’zbekiston” OFY hududida markaz filialini yangidan tashkil qilindi.
2023-yil markazning Yonboshqal’a va O’zbekiston OFY hududlarida joylashgan filiallari orqali jismoniy va yurdik shaxslarga 2526ta xizmatlar ko’rsatilgan.
2023 yil markazlar orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari soni ko’paydi,bunga misol qilib quyidagi xizmatlarni aytish mumkin:
• Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risida maʼlumotnoma berish;
• Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida maʼlumotnoma berish;
• Turar joyning maydoni bo'yicha ma'lumotnoma;
• Pensiya tayinlash uchun ariza berish;
• Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar tashkil etish uchun ariza berish;
• Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish;
• O‘quvchilarni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish uchun ariza berish;
• Bir futbol akademiyasidan boshqasiga o‘qishini ko‘chirish;
• Daromadalari to‘g‘risida deklaratsiya;
• Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish;
• Maktab-internatlariga qabul qilishga ariza berish;
• Sport maktablariga kirish uchun onlayn ariza berish;
• Olimpiya va paralimpiya sport tayyorlash markazi;
• Professional mediatorlar reyestriga kirish bo‘yicha ariza berish;
• Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
• Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini joylashtirish;
• Futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish uchun ariza yuborish.
To’rtko’l tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori M.A.Yaqubovich.