Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Allergik kasalliklar ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari o`tkaziladi


Allergik kasalliklar ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir  marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari o`tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PQ-371-son qaroriga asos mamlakatimizda allergik kasalliklarni profilaktika qilish, tashxislash va davolashning ilg‘or usullarini tatbiq qilish borasida manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Allergik va immunologik kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida:
a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab allergik va immunologik kasalliklarga chalingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan bemorlarni ingalatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etiladi;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024-yildan boshlab: allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlarini o‘tkazish;
aniqlangan allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklari mavjud bemorlarni allergologlar tomonidan tizimli kuzatuvi va individual sog‘lomlashtirish ishlarini tashkillashtirish;
hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yo‘nalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlarini bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshirish;
          2024-yil 1-yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi 140 o‘rin fondidan iborat bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilindi. Molekulyar allergologiya va klinik immunologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish asosida allergik hamda immunologik kasalliklarning oldini olish, ularga molekulyar tashxis qo‘yish va davolash;allergik kasalliklarni erta aniqlash, kelib chiqish sabablarini bartaraf qilish maqsadida skrining dasturlarini yo‘lga qo‘yish; tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklarining profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va boshqarish milliy dasturlarini amaliyotga joriy etish markazning qo‘shimcha vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi.
2024-yildan boshlab allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish ko‘lami hududlar kesimida o‘rganilib, uning natijalari Xalqaro markaz tomonidan Gidrometeorologiya xizmati agentligiga muntazam taqdim etib boriladi. Gidrometeorologiya xizmati agentligi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish ko‘lami to‘g‘risidagi ma’lumotlar atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid ma’lumotlar bilan birgalikda tegishli veb-sayt va boshqa manbalar orqali e’lon qilib borilishini ta’minlash  nazarda tutuvchi tizim joriy qilinadi.


YXKM bosh yuristkonsulti  Z.Bayniyazova