Янгиликлар
23
Xalqqa xizmat ko`rsatishda FHDY sohasidagi huquqiy xizmatlar
Xalqqa xizmat ko`rsatishda FHDY sohasidagi huquqiy xizmatlar
Hozirgi kunda xalqqa ximat ko`rsatishda FHDY organlarining xizmatlari juda katta ro`l o`ynaydi. Xalqqa FHDY sohasiga tegishli huquqiy xizmatlarni ko`rsatishda uchrayotgan bir qancha masalalar ham mavjuddir. Bulardan biri hozirgi kunda manfaador shaxslarning boshqa joyda turib o`ziga tegishli bo`lgan xujjatlarni electron axborot tizimi orqali olishda amalga oshirilayotgan ishlar juda quvonarli bo`lmoqda.
FHDYo organi tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga koʼra va qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnoma va maʼlumotnomalar beriladi.
Dalolatnoma yozuvlari boshqa FHDYo organida qayd qilingan boʼlsa, manfaatdor shaxsning takroriy guvohnoma va maʼlumotnoma berish haqidagi arizasi ushbu ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organiga yuboriladi.
Dalolatnoma yozuvini qayd qilgan FHDYo organi tegishli arizani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab ikki ish kuni ichida dalolatnoma yozuvini arizadagi maʼlumotlar bilan solishtirgan holda elektron axborot tizimi orqali tasdiqlaydi.
Аriza beruvchidan takroriy guvohnoma berish haqidagi arizani qabul qilgan FHDYo organi tegishli tasdiqnomani olgan vaqtdan boshlab bir soat ichida dalolatnoma yozuviga guvohnoma seriyasi va raqamini kiritadi.
Bunda, takroriy guvohnoma dalolatnoma yozuvida mavjud boʼlgan maʼlumotlar asosida oʼzgarishsiz chop etiladi va guvohnomaning ichki qismi oʼng tomonining yuqori qismiga «takroriy» deb belgi qoʼyiladi.
Tugʼilganlik haqidagi maʼlumotnomalar va takroriy guvohnomalar fuqaroning oʼziga, voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy vakillariga yoki notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga ularning mazkur Yoʼriqnomaning 69-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi asosida beriladi.
Chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostilь qoʼyilgan boʼlishi lozim.
Oʼlim haqidagi takroriy guvohnomalar yoki maʼlumotnoma marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxoʼrlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga ularning ushbu Yoʼriqnomaning 71-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi asosida beriladi.
Takroriy guvohnoma yoki maʼlumotnoma olish uchun shaxs FHDYo organiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatining aslini koʼrsatgan holda murojaat qiladi.
Beruniy tumani adliya bo'limi FHDY bo`limi
Maturazova Yulduz Zaripbayevna
1 darajali inspektori