Янгиликлар
23
Xo‘jayli tumani FHDYO faoliyati yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
Xo‘jayli tumani FHDYO faoliyati yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
Xo‘jayli tuman FHDYO bo‘limi tomonidan 2023-yil, ya’ni yil davomida fuqarolarga xuquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tug‘ilishni qayd etish bo‘yicha 2824 ta dalolatnoma yozuvi qayd qilinib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berildi. Shundan otalikni belgilash holati 239 tani tashkil etgan bo‘lsa, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar soni 95 nafarini tashkil etadi. Shuning bilan birgalikda farzandlikka olish bo‘yicha 37 nafar bolaga ham tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.
Amalga oshirilgan nikohni qayd etishning umumiy soni 834 tani tashkil etgan bo‘lib, 144 ta nikohdan ajralganlik qayd etildi hamda vafot etgan fuqarolarga o‘limni qayd etish to‘g‘risidagi 600 ta dalolatnomalar qayd etilib, guvohnomalar berildi.
Shu bilan birgalikda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fuqarolarga 217 ta harakat bo‘yicha amaliy yordam ham ko‘rsatildi.
Yil davomidagi Minsk konvensiyasi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni 261 tani tashkil etgan bo‘lib, barchasiga huquqiy hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan fuqarolarga eksterritorial xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy maslahatlar berish, bu bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali va joylarga chiqqan holda amaliy yordamlar ham ko‘rsatildi.
Xo‘jayli tumani FHDYO
bo‘limi mudirasi S.Xalbayeva