Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bo'zatov tumani Adliya bo`limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan 2023 yil davomidagi faoliyati yuzasidan HISOBOT


Bo'zatov tumani Adliya bo`limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan 2023 yil davomidagi faoliyati yuzasidan hisobot

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyun kuni qabul qilingan PQ-5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan 2021 yil 01 oktyabr kunidan boshlab tegishli tartibda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etish belgilangan edi.
Markazning asosiy vazifasi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan davlan organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatishdan iborat bo'lib, xususan ular tomonidan chiqarilgan yuridik ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish, ularga tegishli xulosalar berish, davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat.
Markazlar faoliyati davomida erishilgan ijobiy natijalar bu sohadagi islohatlar davom ettrilib 2021 yil 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq 2022 yil 1 avgust kunidan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida markazlar faoliyati kengaytirilib yana 7 ta davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko`rsatish belgilandi hamda “E-huquqshunos” elektron tizimiga integratsiya qilindi.
O'tgan 2023 yilning 12 oyi davomida Markazga jami 41 ta tashkilotdan 11416 ta yuridik tusdagi hujjatlar kelib tushgan bo'lib, shulardan 7976 tasi idoraviy buyruqlar, 3419 tasi shartnomalarni va 21 tasi sudgacha hal etish yuzasidan kiritilgan talabnomalar tashkil kiladi.
Ushbu hujjatlarni barcha belgilangan muddatlarda to'liq huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, 11324 tasiga ijobiy xulosalar berilgan bo'lsa, 1 tasiga (2022 yilda ham 1 tasiga) qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosa berilgan, hamda 91 tasi (2022 yilda 287 tasi) kamchiliklari mavjudligi sababli huquqiy ekspertizadan o'tkazilmasdan amaldagi qonunchlikka muvofiq qayta ishlab chiqish ucnun rad qilingan.
Bo`zatov tumani Tibbiyot birlashmasi va “Technobiomedical” MCHJ o`rtasida tuzilgan narxi 310 196 768 so‘mlik tibbiyot buyumlar ekkazib berish to`g`risidagi hamda Bo`zatov tumani Irrigatsiya bo`limi va jermer xo`jaliklari o`rtasida tuzilgan umumiy narxi 78 726 923 so‘mlik xo`jalik shartnomalari bo`yicha shartnoma shartlari berilmaganligi bo`yicha sudgacha hal qilish yuzasidan jami 21 ta umumiy narxi 388 923 691 so`mlik talabnomalar kiritilib belgilangan muddatlarda talabnomalar tashkilotlar qanoatlantirilishiga erishildi.
Markaz xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlarga salbiy xulosalar berilgan har bir holat yuzasidan qonunchilikni to'g'ri qo'llash hamda hujjat loyihalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida tashkilotlarga huquqiy tushuntirishlar, amaliy va uslubiy yordamlar berib kelinmoqda.
Markazimiz yuriskonsultlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatadigan tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish maqsadida bir qatar ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o'tgan 2023 yilning 12 oyi davomida Markaz tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilib kelayotgan davlat organlari va tashkilotlarida jami 432 ta huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilgan bo'lib, shulardan 70 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 89 tasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali va 273 tasi tashkilotlarga borib og'zaki tarzda o'tkazildi.  


Rasul Muratbaevich Dushanov,
Bo'zatov tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i.