Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ellikqal’a tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 2023 yil yakuni bo‘yicha tahliliy ma’lumoti


Ellikqal’a tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 2023 yil yakuni bo‘yicha tahliliy ma’lumoti

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunda PQ-5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 3-ilovasida belgilangan Markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan 121 ta davlat boshqaruvi darajasidagi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro integratsiya ishlarni tashkil etish “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali to‘liq amaga oshirilib kelmoqda. Vazirlik ko‘rsatmasiga asosan Markaz xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda 121 ta xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar kesimida keladigan hujjat loyihalari xodimlarga elektron tizim orqali avtomat tarzda taqsimlanadi.
Shu bilan birga, Markaz xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlarda “E-huquqshunos” elektron tizimiga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirokida bir necha marata o‘quv-uslubiy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ta’minlandi.
Mazkur qarorga muvofiq hisobot davrida Markaz tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash, sifatli va malakali yuridik xizmat ko‘rsatish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek qabul qilinayotgan hujjat loyihalarining qonuniy va har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2023-yil yakuni buyicha Markazga xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotdan 122 taga etdi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali jami 49317 ta ichki idoraviy buyruqlar, mehnat shartnomalari va boshqada yuridik tusga ega hujjat loyihalari kelib tushgan.
Ushbu hujjat loyihalari Markaz xodimlari tomonidan qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan belgilangan muddatlarda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi ta’minlandi.
Xususan, o‘tkazilgan huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, Markaz tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali qabul qilingan 49317 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalarining 72 tasi qonunchilikka nomuvofiq bo‘lganligi sababli  salbiy xulosa, 49245 ta hujjat loyihalariga esa, ijobiy xulosalar berilgan va 167 ta rad qilingan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Markaz tomonidan berilgan 72 ta salbiy xulosalarning diyarli barchasi tashkilotlar tomonidan amaldagi mehnat qonunchiligi normalarini noto‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq holda qabul qilingan hujjat loyihalari tashkil qiladi.
Markaz xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlarga salbiy xulosalar berilgan har bir holat yuzasidan qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llash hamda hujjat loyihalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida tashkilotlarga huquqiy tushuntirishlar va amaliy hamda uslubiy yordamlar berib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali tashkilotlar tomonidan Markazga kelib tushgan 49317 ta hujjat loyihalarining yuridik tuslari bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak.
Jumladan hujjat loyihalarining 28028-tasini ichki idoraviy buyruqlar, 3283-tasini mehnat shartnomalari, 17035-tasini fuqaroviy va xo‘jalik  shartnomalar tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganlardan tashqari, Markaz xodimlari tomonidan huquqiy targ‘ibot rejasi asosida yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha 1418 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Shularning, ommaviy axborot vossitalarida, Qoraqalpog‘iston teleradio ko‘rsatuvi orqali, Ellikqal’a hokimlikning ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan rasmiy kanali orqali va bevosita xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlarga borgan holda og‘zaki ravishda targ‘ibot –tashviqat tadbirlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, joriy yilning hisobot davrida Markaz tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlarning mulkiy va boshqada manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 85 ta talabnoma bildirish yohud sudlarga 13 ta da’vo ishlarini kiritish bilan 744890390 million sum tashkilot foydasiga undirilb beerildi.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Kadirov