Янгиликлар
19
FHDY boʼlimlаri tаrаfidаn аjrаlish yoqаsidа turgаn oilаlаr bilаn uchrаshuvlаr, ushbu oilаlаrni sаqlаb qolish mаqsаdidа аmаlgа oshirilgаn ishlаr hаqidа mа’lumot
FHDY boʼlimlаri tаrаfidаn аjrаlish yoqаsidа turgаn oilаlаr bilаn uchrаshuvlаr, ushbu oilаlаrni sаqlаb qolish mаqsаdidа аmаlgа oshirilgаn ishlаr hаqidа mа’lumot
Har qanday millatning oʼziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda hech shubhasiz oilaning oʼrni va taʼsiri beqiyosdir. Аyni paytda oila har bir jamiyatning boshlangʼich boʼgʼi hisoblandi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, oqibatda tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.
Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa er va xotinning oʼzaro murosa-madoraga borishi, gʼazabi kelganda uni yengishi va shirin soʼzli boʼlishi, shu bilan birga oilaviy sirlarni koʼchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.
Beruniy tumani Fuqarolik holatldari dalolatnomalarini yozish boʼlimi tomonidan ajralish yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan,
2023 yil davomida boʼlimimizga er-xotinlardan ajralish boʼyicha 44 ta ariza kelib tushgan. Shundan qancha harakat qilishimizga qaramay, 15 ta oila ajrashdi, 14 oila yarashtirildi, qolganlariga huquqiy maslahatlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Daʼvogar N.Sh. turmush oʼrtogʼi P.O. (ismi-shariflar oʼzgartirilgan) bilan oʼrtalarida tuzilgan qonuniy nikohdan ajratishni soʼrab sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilgan. Sud tomonidan Beruniy tuman hokim oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi maʼsullari bilan hamkorlikda mazkur murojaat oʼrganib chiqilib, taraflarning oilaga boʼlgan munosabatini oʼzgartirish masalasi muhokama qilindi. Natijada oila yarashtirilib, qayta tiklandi.
Erning ishsizligi, oila oldidagi otalik masʼuliyatini his qilmasligi, baʼzi hollarda qizlarning yosh turmush qurishi, huquqiy savodning yetishmasligi, har xil mayda-chuyda gap-soʼzlar sababli qaynona-kelin, quda taraflarning oʼzaro kelishmovchiligi, oʼrinsiz rashk, ishonchsizlik, maʼnan qashshoqlik kabilar aksariyat yosh oilalarimizning ajralish yoqasiga kelib qolishiga sabab boʼlyapti.
Biz joylarda, xonadonma-xonadon yurib, mahallalardagi koʼchaboshilar, oqila ayollar, xotin-qizlar faollari, din idoraloari vakillari hamda boshqada hamkor tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda asosiy eʼtiborni ajralish yoqasidagi oilalarni yarashtirishga qaratyapmiz. Maqsadimiz: sogʼlom oilani shakllantirish orqali jamiyatimiz ildizi mustahkamligiga erishishdir.
Ota-bobolarimiz, momolarimizdan qolgan bir hikmatli fikr bor: “Qushning ham uyasi buzilmasin!”. Buning sababi shuki, kelajagimiz egalari sanalgan farzandlarimiz faqatgina ota-onaning birgalikdagi toʼgʼri tarbiyasi tufayli mukammal darajada kamolga yetadi. Nizoli oilalar, ajrashish yoqasidagi uylardagi bolalar ota-onasining oʼzaro janjallari, tortishuvlar, ziddiyatli holatlarni koʼrib, ruhan eziladilar, maʼnan kemtik ulgʼayadilar. Shu sababli ham oilalarni saqlab qolish ishi, nafaqat FHDY boʼlimlari, balki butun jamoatchilikning ishidir.
D.G.BERDIMURАTOVА,
Beruniy tumani FHDYo boʼlimi ll - darajali inspektori.