Янгиликлар
19
Beruniy tumani Аdliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi ish faoliyati yuzasidan
Beruniy tumani Аdliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi ish faoliyati yuzasidan
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi 5168-sonli “Davlat organlari va tashiklotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan 2021-yilning 1-oktyabridan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari tashkil etilganligi toʼgʼrisida hamda markazlar tomonidan davlat organlarining tuman boʼlinmalariga yuridik xizmat koʼrsatish “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirib kelayapdi . Bundan tashqari , Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat koʼrsatish Markazlari foaliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-173 sonli qarorining 2-bandiga muvofiq 2022-yil 01-avgust kunidan boshlab umumiy oʼrta taʼlim maktablari hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “E-Huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat koʼrsatish yoʼlga qoʼyilgan. Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida NIZOMDА Markazlarning asosiy vazifalari va funktsiyalari belgilangan.
Unda yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash, yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish, yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʼz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʼlishini taʼminlashlar koʼrsatib oʼtilgan. Bu borada olib borilgan ishlar bo’yicha tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh. Qadirov qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash borasida olib borgan xizmatlari uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 2023-yilning 1-yanvar kunidan 2023-yil 29-dekabr kunigacha tumandagi yuridik xizmat ko’rsatish belgilangan davlat organlari va tashkilotlaridan Beruniy tuman adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markaziga 52 330 ta hujjat kelib tushgan va ekspertizadan o’tkazilgan.
52 330 ta hujjatdan 51 674 ta ijobiy, 43 ta salbiy, 6 292 ta rad qilingan hujjatlar tashkil qiladi. 6 292 ta rad qilingan hujjatlardan 5 693 to’g’rilanib, ijobiy xulosa berilgan. Shundan ijroda turgan rad qilingan hujjatlar soni 599 tani tashkil qiladi.
Sudgacha hal qilish talabnomalar 143 tani tashkil qilib, 143 tasi ijro qilingan. Da’vo arizalar soni 7 tani tashkil qilib, barchasi ijobiy hal qilingan.
Tizim orqali vasiylik va homiylikda bo’lgan farzandlarning ota-onasidan
4 ta murojaat kelib tushgan va ularga huquqiy tushuntirish berilgan.
O’tkazilgan o’rganish va monitoringlar soni 20 tani tashkil qiladi.
Yil davomida qilingan targ’ibotlar soni 1 784 tani tashkil qilib, 850 ta og’zaki, 120 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 814 tasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali targ’ibot qilingan.
Bundan keyingi ish faoliyatimiz davomida jamoamiz bilan birgalikda Markazning yuksalishi va rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shib boramiz.
Beruniy tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i M. Kamalova