Янгиликлар
19
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023 yil davomida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlari va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi organlarga yuborilgan murojaatlar va ularning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023 yil
davomida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlari va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi organlarga yuborilgan murojaatlar va ularning
bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 aprel kungi 113-sonli «Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kungi 89-sonli «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi 5278-sonli «Axoliga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabr kungi 300-sonli «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali «Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazida» (Citizen — centric service), «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik ham jismoniy shaxslarga xizmatlar taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirildi.
2023 yil davomida markazga jami bo‘lib 55827 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 493 ta, qayta ro‘yxatga olish uchun 402 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun 588 ta va qayta ro’yxatdan o‘tkazish uchun 93 ta murojaatlar o‘z muddatlarida ijrosi ta’minlandi.
Ushbu murojaatlarning 55827 tasi davlat xizmatlarini tashkil qiladi. Jumladan
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jami – 3039 ta, shundan:
- 1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish – 571;
- Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish – 513;
- 20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish – 399;
- 20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish – 81;
- Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va ulash bilan birga) – 633;
- Maishiy iste’molchilarni 20 kVtgacha bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulash – 842;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xujjatlarni rasmiylashtish bo‘yicha davlat xizmatlari soni – 11761 ta, shundan:
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish – 213;
Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish – 1218;
Turar-joy ob’ektlarini kadastr pasportini shakllantirish – 4561;
Turar-joy ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish – 3170;
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish – 1476;
Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma – 241;
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish – 260;
Noturar ob’ektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 622;
Boshqalar:
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish – 576;
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya – 548;
Avtomobil vositalarini qayta jixozlash uchun ruxsatnoma – 579;
Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish – 1590;
Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish – 1610;
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma berish – 2016;
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish - 1014;
Ish haqi va ish stajini haqida arxiv ma’lumotnomasini berish – 389;
Nafaqa tayinlash uchun ariza berish – 1176;
Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma berish – 4004;
Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish – 11173;
Mibil ID – 2170;
Tuman markazidan 35 km olisda joylashgan Sarabiy va 25 km olisda joylashgan Qirqqizobod ovul fuqarolar yig‘inlari hududida Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazining filiallari tashkil qilingan hamda ular tomonidan 2023 yil davomida 6974 ta ko‘rsatildi.
Tumanimizning chekka xududlarida yashovchi (nogironligi bo‘lgan) axoliga sayyor tartibda ko‘rsatilgan tezkor xizmatlar soni 2686 ta, sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 100 tani tashkil etadi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
davlat xizmatlari markazi direktori N.Xadjiev