Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bo`lim tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili


Bo`lim tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili

Beruniy tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida 634 ta xat va hujjatlar kelib tushgan, o`tgan yildan 1 ta xat ijroda qolgan, shundan 313 tasi ijro etilgan, 319 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan, 3 tasi ijroda, fuqarolarning murojaatlari 255 tani tashkil etib, shundan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 202 ta (sayyor qabulda 40 ta), mazkur murojaatlarning 242 tasi hal etilgan bo`lib, 13 tasi taalluqliligi bo`yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi, hal etilgan murojaatlarning 173 tasi (71,4 %) qanoatlantirildi, qolgan 69 tasiga tushuntirish berildi.
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 434 tashkilotda 27 ta oʻrganish va 30 ta monitoringlar o’tkazilgan bo’lib, shundan, 7 ta o‘rganish va 3 ta monitoring ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasi, 8 ta o‘rganish va 3 ta monitoring Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini tahlil qilish sohasi, 5 ta o`rganish va 5 ta monitoring inson huquqlarini himoya qilish sohasi, 5 ta o`rganish va 5 ta monitoring davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasi, 1 ta o`rganish va 13 ta monitoring yuridik xizmat faoliyati sohasi, 1 ta o`rganish huquqiy targ`ibot va axborot sohasi, 1 ta monitoring norma ijodkorligi sohasiga oid bo’ldi, oʻrganish va monitoringlar davomida 8529 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Xususan, sog`liqni saqlash muassasalarida 6174 ta, ta’lim muassasalarida 785 ta, tuman elektr ta’minoti korxonasida 462 ta, ichki ishlar idoralarida 304 ta, tuman hokimligida 127 ta, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limida 78 ta, tuman qurilish va uy-joy kommunal bo`limida 31 ta, tuman Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bo`limida 25 ta, Davlat kadastrlari palatasi Beruniy tuman filiali va Kadastr agentligining tuman bo`limida 25 ta, tuman Moliya bo`limida 19 ta, tuman soliq inspeksiyasida 12 ta, tuman gaz ta’minoti bo`limida 9 ta, Beruniy suv ta’minoti bo`limida 6 ta, boshqa tashkilotlarda 472 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Bu ko`rsatkich 2022 yilning shu davriga solishtirganda 3914 ga oshgan.
Shuning natijasida 233 ta huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilib, shundan
101 tasi “Qonun hujjatlarining  buzilishi, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma, 17 tasi ogohnoma, 2 ta jinoiy, 52 ta ma’muriy taklif, 61 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga umumiy summasi 622 490 000 soʻmlik 54 ta da’vo arizalar kiritilgan, shundan ish haqi va ustama to`lovlarini undirish boʻyicha 49 ta, elektron onlayn-auksion bayonnomasini haqiqiqiy emas deb topish yuzasidan 1 ta da’vo ariza, yuridik faktni belgilash bo`yicha 4 ta ariza kiritildi.
Natijada sudning hal qiluv qaroriga asosan 4 nafar fuqaroning o`lganligi fakti belgilandi, 48 nafar fuqarolarga jami 474 168 000 so`m miqdorida ish haqi va ustama mablag`lari undirib berildi hamda “Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining elektron onlayn-auksion natijalari toʻgʻrisidagi 1 ta bayonnomasi haqiqiy emas deb va Beruniy tumani sport maktabining 2 ta buyrug`i g`ayriqonuniy deb topildi.
Shuningdek, Nukus tumanlararo Ma’muriy sudiga 7 ta ariza kiritilib, shundan 6 tasi bo`yicha Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tuman bo`limining javob berish bilan bog`liq bo`lgan 6 ta harakati qonunga hilof dep topilib, 6 nafar fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan ish yillarini mehnat satjiga qo`shib hisoblash va pensiya tayinlash bo`yicha majburiyat yuklatildi, 1 tasi rad etildi, sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 942 216 868 soʻm ish haqi va ustama pullari undirib berildi. Mazkur ko`rsatkich 2022-yilning shu davriga solishtirganda 717 656 099 so`mga oshgan.
Fuqarolar murojaatlari hamda o’tkazilgan o’rganishlar asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalar hamda ma’muriy takliflarga binoan 76 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 52 ta xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, o'tkazilgan o'rganishlar va monitoringlar davomida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiq bo'lgan 89 ta hujjatlar bekor qilinib, tuman hokimining 4 ta qarori qonunga muvofiqlashtirildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan 5 ta taklif, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 15 ta taklif ishlab chiqildi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi.
Bundan tashqari, Xalq deputatlari tuman Kengashining 5 ta, tuman hokimining 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan bo`lib, shundan 7 tasiga ham ijobiy xulosa berildi.
Huquqiy targʻibot boʻyicha 3298 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 1310 ta targ`ibot, 1890 ta ogʻzaki, 98 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonunchilik hujjatlari soni 965 tani tashkil etdi.

S.Raimbekova,
Beruniy tuman adliya boʻlimi boshligʻi
II darajali yurist