Янгиликлар
16
Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar H I S O B O T I
Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti
Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 12 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi, tuman adliya bo‘limiga hisobot davrida 288 ta xat va hujjat kelib tushgan va 275 tasi ijro etilgan, fuqarolarning murojaatlari 134 ta, hal etilgan murojaatlar soni 129 ta, qanoatlantirilgan murojaatlar 97 ta, tushuntirish berilganlari 32 tani, tegishlilik bo‘yicha 5 ta murojaat, shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 109 tani tashkil qiladi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan 57 tashkilotda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan 24 ta o‘rganish va 10 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 1235 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, shuning natijasida 165 ta huquqiy ta’sir choralar qo‘llanilib, shundan 68 tasi (“Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”) taqdimnoma, 56 tasi ogohnoma, 24 tasi ma’muriy bayonnoma, 2 ta jinoiy taklif, 15 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish bo‘yicha sudlarga 15 nafar xodimga umumiy miqdori 85 547 000 (sakson besh million besh yuz qirq yetti ming) so‘m undirish bo‘yicha arizalar kiritilib, qanoatlantirildi, ta’sir choralari natijasida fuqarolarga jami 922 509 000 so‘m pul undirib berildi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan 86 ta hujjatlar bekor qilindi, 2 ta hujjatning ijrosi to‘xtatildi.
Fuqarolar murojaatlari asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 40 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 24 xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi. Hisobot davrida bo‘lim tomonidan tuman hokimining 2 qarori va Xalq deputatlari tuman Kengashining 6 qarori huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Huquqiy targ‘ibot bo‘yicha 2803 ta tadbir, shundan 2289 ta og‘zaki, OAV larda 427 ta, 87 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonun hujjatlar soni 967 tani tashkil etdi.
Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida 4 xodim faoliyat yuritib, tumandagi 122 tashkilotga yuridik xizmat ko‘rsatadi, 12 oy davomida 49317 hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, 49245 ta xujjat loyixasiga ijobiy xulosa, 167 tasi rad qilingan tashkilotlar foydasini ko‘zlab 85 talabnoma kiritib, tashkilot foydasiga 744 890 000 so‘m undirildi, iqtisodiy sudga 2 755 000 so‘mlik 13 ta da’vo kiritildi va to‘liq qanoatlantirildi, tuman Davlat xizmatlari markazida 10 xodim faoliyat yuritib, hisobot davrida yuridik va jismoniy shaxslarga jami 55827 davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, shundan 38586 tasi adliya bo‘limi davlat xizmatlariga fuqarolar shaxsan kelgan xolda, 17241 tasi masofadan turib onlayn tartibda foydalanilgan, markazning Sarabiy va Qirqqizobod filiallari tomonidan 6974 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. xisobot yilida joylarga chiqqan sayyor tartibda ko‘rsatilgan xizmatlar esa 2686 tani tashkil qiladi, 1081 nafar tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan, shundan 493 nafari yuridik shaxslar, 588 nafari jismoniy shaxslardan iborat, tuman FXDYo bo‘limi tomonidan 12 oy davomida 4329 tug‘ilish, 1309 nikoh qayd etildi, 865 o‘lim fakti va 153 nikohdan ajralish qayd etildi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasida uning asosiy maqsadi sifatida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish belgilangan,ushbu Konsepsiyada belgilab berilgan maqsad va vazifalarga samarali erishish uchun tuman adliya bo‘limi xodimlari xam huquqiy-targ‘ibot ishlarini doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqdalar.
Ellikqal’a tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i U.Atadjanov