Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Taxiatosh tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi 2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 29-dekbr kunigacha E-huquqshunos tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar haqida ma’lumot


Taxiatosh tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi 2023-yil 1-yanvardan  2023-yil 29-dekbr kunigacha E-huquqshunos tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar haqida ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomllashtirish chora-tadbirlari  to'g'risida» gi 2021-yil 29-iyun kungi 5168-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktyabrdan Taxiatosh tumani  yuridiklik xizmat ko'rsatish markazi tashkil etildi.
Taxiatosh tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi 2023-yıl davomıda 56-ta davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat  ko’rsatib kelmoqda.
Taxiatosh tumani  yuridik xizmat ko'rsatish markazi 2023-yıl davomıda  davlat organi va tashkilotlari  faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Taxiatosh tumani  yuridik xizmat ko'rsatish markazi 2023-yıl davomıda “E-huquqshunos ” electron tizim orqali davlat organi va tashkilotlarining  25689 ta buyruq va shartnoma loyihalari kelib tushdi, shundan 15072-ta buyruq va 10189-ta shartnoma loyihalariga huquqiy ekspertizdan o‘tkazib ijobiy xulosa berildi, shundek 40-ta buyruq va shartnomalari qonun hujjatlarga muvofiq emasligi sababli salbiy xulosa, 388 ta hujjat loyihalari to’liq bo’lmagan sababli rad qilib qaytarildi.  
Bundan tashqari davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash borasida 41-talabnoma qanotlantirildi.
Markaz tomonidan 2023-yil davomida  davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish  borasida 526-ta og‘zaki, 40 ta OAB orqali, 446-zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalar orqali huquqiy targ’ibot  ishlari amalga oshirildi.

Taxiatosh tumani  adliya bo'limi Yuridik
xizmat ko'rsatish markazi boshlig ‘i O.Babanov