Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilash tartiblari


Ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilash tartiblari

Maʼlumki,  2023 yil 30 aprel kungi yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi rasman kuchga kirdi. Yangi  Mehnat kodeksi 2 qism, 7 boʼlim, 34 ta bob va 581 moddani oʼz ichiga olgan.
Xodimni  ishga qabul qilish jarayonida dastlabki sinov muddatini belgilash nima uchun kerak?.
Mufassalroq qilib aytganda,dastlabki sinov muddatini belgilash oʼz navbatida, tayinlanayotgan lavozim boʼyicha xodimni sinob koʼrish uchun ish beruvchi uchun qulay boʼlgan ishga qabul qilish shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi Mehnat kodeksida ham eski tahrirdagi Mehnat kodeksidagi kabiy dastlabki sinov muddatlarini belgilash bilan bogʼliq bir qator normalar oʼrin olgan.
Biroq,yangi Mehnat kodeksida eskisidan bir qator farqli jihatlari ham mavjud.
Xususan, yangi Mehnat kodeksida xodimni ishga qabul qilish chogʼida dastlbki sinov muddatlarini belgilovchi 129,130,131 hamda 132-moddalardan iborat maxsus 4ta huquqiy norma belgilangan.
Biroq, Mehnat kodeksining 129-moddasiga asosan ayrim toifa xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida dastlabki sinov belgilanmasligi ham koʼrsatib oʼtilgan.
Unga koʼra,quyidagilarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydi:
Xususan,uch yoshga toʼlmagan bolani yolgʼiz oʼzi tarbiyalayotgan ota(vasiy);
-davlat grantlari asosida oʼqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran uch oy ichida yoʼllanma boʼyicha olingan mutaxassisligi doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarini bitiruvchilari;
-tegishli taʼlim tashkilotlarini tamomlagan kundan eʼtiboran bir yil ichida birinchi marta ishga kirayotgan olingan mutaxassisligi boʼyicha mustaqil ravishda ishga joylashgan umum oʼrta,oʼrta maxsus,professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
-oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslarga;
-ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bilan bekor qilgan boʼoʼlsa,oʼsha shaxslar,
-ishlab chiqarishda oʼqitish shartnomasi boʼyicha ushbu ish beruvchida oʼqishni oʼtagan oʼquvchilar,
-jamoa kelishuvlarida,shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki tartib hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar;
Ushbu modda talabiga koʼra,xodimga dastlabki sinov muddatixodim ishga qabul qilinish chogʼida belgilanishi lozim.
Shuni ham aytib oʼtish kerakki,xodim boshqa ishga oʼtkazilayotganida yohud boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilayotganida dastlabki sinov belgilanmishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
Taʼkidlash joyizki, Mehnat kodeksining 130-moddasiga koʼra qoida tariqasida dastlabki sinov muddati uch oydan oshmasligi belgilangan.
Biroq ushbu modda huquqiy normasida tashkilotlarning rahbarlari,va ularning oʼrinbosarlari,bosh hisobchilar hamda tashkilotlar alohida boʼlinmalarining rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi ham belgilangan.
Shuni ham aytib oʼtish kerakki,Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan,dastlabki sinov muddatlari belgilangan xodimlarga ham mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilik hamda mehnat toʼgʼrisidagi boshqa hujjatlar toʼliq tatbiq etiladi.
Muhim jihatlardan biri,dastlabki sinov muddati xodimning mehnat staji hamda har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritiladi.
Shu bilan birga,Mehnat kodeksining 132-moddasi talabiga muvofiq,dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida uch kun oldin yozma shaklda ogohlantirigan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʼl qoʼyiladi.
Sodda qilib aytganimizda,dastlabki sinov muddati qoniqarsiz boʼlganida ushbu modda talabiga koʼra,xodim sinovdan oʼtmagan deb eʼtirof etilib uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor etish huquqiga egaligi ham belgilangan.
Muhim jihatlardan yana bir tomoni,ushbu modda talabiga koʼra,mehnat shartnomasida nazarda tutilgan dastlabki sinov muddati tugashiga uch kun qolgan boʼlsa,biroq taraflardan biri shartnomani bekor etish toʼgʼrisida tashabbus koʼrsatmasa,u holda shartnoma muddati nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganimizda, dastlabki sinov muddati ish beruvchi tomonidan xodimning qobiliyatini sinab koʼrish uchun beriladigan,yaьni xodimning tayinlanayotgan lavozimiga qanchalik loyiq ekanligini aniqlash uchun keng imkoniyat desak aslo, xato boʼlmaydi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov