Янгиликлар
27
18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi
18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi
Bolali oilalarga nafaqa (18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa) va 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq bola tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Oila 2022 yilning 1 yanvaridan-oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 498 ming so‘mdan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi.
Bolali oilalarga nafaqa yashash joyi bo‘yicha oilaning muomalaga layoqatli a’zosining yozma arizasiga asosan tayinlanadi.
Bolali oilalarga nafaqa tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1.Ariza beruvchi oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti nusxalari yoki ID-kartalari;
2.chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i nusxasi;
3.bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi;
4.oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ma’lumot;
5.ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan ariza.
Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi:
a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdori yuqori bo‘lsa;
b) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
v) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan:
1.Ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda;
2.Jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositalari mavjud bo‘lganda;
g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
e) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, DXX, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari) tomonidan arizalar taqdim etilganda;
j) belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda.
z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
i) oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etganda.
Qonlikól tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova