Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv


Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv

Oila kodeksining 17-bobida, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi) tuzilishi mumkinligi belgilangan va bu kelishuv aliment to‘lovchi bilan aliment oluvchi o‘rtasida tuziladi.
Normaga ko‘ra, mazkur kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim hamda ushbu kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi. (✏️ Ya’ni, bajarilishi majburiy bo‘lgan xujjat xisoblanadi)
To‘lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. (✏️ Ya’ni, qonun bo‘yicha har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (980 000 so‘m) ning 26,5 foizi (259 700 so‘m)dan kam bo‘lmasligi kerakligi belgilangan. Yuqoridagi kelishuvda xam bir nafar bola uchun to‘lanadigan aliment miqdori eng kamida manashu 259 700 so‘mdan kam qilib belgilanishi mumkin emas)


Qonlikól tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova