Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari


Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari

Muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart.
Yo‘lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi.
           Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi.
Yo‘lovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalarning aravachalarini), mayda bog‘dorchilik inventari, bolalar chanalarini o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
        Hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrdan 100 sm x 50 sm x 30 santimetrgacha bo‘lgan va uzunligi 150 santimetrdan 200 santimetrgacha bo‘lgan buyumlarni, shuningdek, o‘lchamidan qat’i nazar, og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bagajni olib yurish tarifga muvofiq haq to‘lagan holda amalga oshiriladi.

Qonlikól tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova