Янгиликлар
27
Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlariga 50 foiz, o‘rinbosarlarga 30 foiz ustama beriladi.
Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlariga 50 foiz, o‘rinbosarlarga 30 foiz ustama beriladi.
Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi
Unga ko‘ra:
➖2024 yil 1 yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;
➖2024 yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
- maktab direktorlariga – 50 foiz;
- direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.
Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:
- umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
- nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;
- sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.
Qonlikól tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova